Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Rasmiy nikoh – oila barqarorligi va huquqiy himoya kafolati


Shar’iy nikoh jamiyatning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari doirasida ahamiyatli bo‘lsa-da, davlat himoyasi va huquqiy kafolatlar faqat rasmiy nikoh qayd etilgan taqdirda ta’minlanadi.

Sirdaryo viloyat prokuraturasi, Guliston shahar hokimligi va Guliston shahar FHDYO bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda rasmiy nikohning ahamiyati, oilaviy qadriyatlar, oilaviy ajrimlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda rasmiy nikohni qayd etish faqat huquqiy talab emas, balki oila barqarorligi, avlod kelajagini  mustahkamlashda muhim omil ekanligi alohida ta’kidlandi.

Ushbu tadbirda 15 ta shar’iy nikohda yashayotgan oilaning 13 nafari rasmiylashtirilib, aniq huquqiy maqomga ega bo‘ldi.