Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan Yangi Toshkent mahallasida “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri tashkil etildi


Mazkur tadbir doirasida Prezidentimizning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Bu orqali jinoyatchilikning oldini olishda nafaqat huquq-tartibot idoralari, balki har bir fuqaroning ham shaxsiy mas’uliyati va fuqarolik daxldorligi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Tadbirda fuqarolarning kundalik hayoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan masalalar, ayniqsa, tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, energotejamkorlik madaniyatini shakllantirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida fuqarolar kadastr, mol-mulk, mehnat qonunchiligi va boshqa sohalarga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil, asosli javoblar olishdi.