Янгиликлар
04
"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida amaliy yordam
Sardoba tuman FHDY bo‘limi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Mazkur aksiya doirasida Do‘stlik mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Murojaatda uning 14 yoshli farzandining tug‘ilganlik guvohnomasi yo‘qolganligi va hozirgi kunga qadar ushbu hujjat yo‘qligi tufayli turli muammolarga duch kelayotganligi bayon etilgan.
FHDY bo‘limi tomonidan mazkur holat atroflicha o‘rganilib, belgilangan tartibda farzandining tug‘ilganlik guvohnomasi takroriy ravishda rasmiylashtirib berildi.