Янгиликлар
04
Sirdaryo tumani adliya bo‘limi DXM xodimlari va tuman soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda “Baxt” bozorida tadbir o‘tkazildi
Yashirin iqtisodiy faoliyatning oldini olish, shuningdek, fuqarolarni qonuniy tartibda tadbirkorlik faoliyatini yuritishga jalb etish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir davomida 2 nafar davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan savdo faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Shuningdek, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan 1 nafar yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati qayta tiklandi.
Shuningdek, tadbir mobaynida aholi va tadbirkorlar o‘rtasida qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha tushuntirish ishlari ham olib borildi.