Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Bilib qo‘ygan yaxshi.


Yo‘l chiziqlarini bosganlik uchun radar orqali jarima qo‘llanilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi “Transport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 318-sonli qaroriga asosan, 2025-yil 1-iyundan boshlab:
yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmaslik holatlarini har qanday maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etishga;
shaharlar avtomobil yo‘llarida ta’mirlash yoki yo‘l chiziqlarini chizish bilan bog‘liq ishlarni soat 07:00 dan 21:00 ga qadar amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, quyidagilarga ruxsat etildi:
▪️ soat 23.00 dan 06.00 ga qadar yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lda boshqa transport vositalarining harakatlanishiga;
▪️ amal qilish vaqtini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha axborot belgilariga ega “To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilari joylashgan hududda ularning amal qilish vaqtidan tashqari paytda transport vositalarining tegishlicha to‘xtashi hamda to‘xtab turishiga;
▪️ maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda Yo‘l harakati qoidalari bilan belgilangan tezlik chegarasini dam olish kunlari, ta’til davrlari va 19:00 dan 07:00 gacha vaqt oralig‘ida ushbu aholi punkti uchun ruxsat etilgan umumiy tezlik chegarasigacha oshirib harakatlanishga.
2025 yil 1 sentabrdan boshlab harakat tezligini nazorat qilishga mo‘ljallangan har qanday turdagi statsionar va mobil radarlar joylashgan hududda va ungacha kamida 250 metrdan kam hamda 500 metrdan ko‘p bo‘lmagan hududda “Radar” yo‘l belgisining o‘rnatilishi majburiy hisoblanadi.


Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Guliston tumanlararo
sudining sudyasi D. Burxonov