Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

40-sonli manzil koloniyasida “Huquqiy koʻmak” aksiyasi o‘tkazildi


Tadbirda tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi islohotlar, ozodlikdan mahrum qilingan va jazo muddatini o‘tayotgan, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlari haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Muloqot mobaynida “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Prezident qarori mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, sayyor qabul o‘tkazilib, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning huquqiy muammolari tinglandi.