Янгиликлар
28
YOSHLARDA KORRUPSIYAGA QARSHI IMMUNITETNI MUSTAHKAMLASH MUHIM VAZIFA
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusiga Guliston davlat pedagogika institutida tashkil qilingan targ'ibot tadbirida ayni mavzuda so'z bordi.
Tadbirda adliya mas’ullari ma'ruza bilan ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma'lumot berishdi.
Muloqotda korrupsiya davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetkazib, xalqimizning davlat idoralariga nisbatan ishonchini susaytadigan illat ekanligi ta'kidlanib, uning salbiy va huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirildi hamda bu borada vakolatli organlar hamkorligini yanada kuchaytirish lozimligi qayd etildi.
Tadbir davomida “Adolat qanotlari” volontyorlari tomonidan targ‘ibot materiallari tarqatildi.