Янгиликлар
28
SHAR'IY NIKOH QONUNIYLASHTIRILDI
Yangiyer shahar Z.M.Bubur mahallasida istiqomat qilayotgan fuqarolar D.Mirzayarov hamda S.Akmurzayeva bir necha yillardan buyon sharʼiy nikoh asosida yashab kelgan.
Shu sabab oʻtgan davr mobaynida oila koʻplab huquqiy muammolarga ham duch kelgan, idorama-idora sarson boʻlgan kunlari ham boʻlgan.
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida FHDY organi tomonidan ushbu muammo atroflicha oʻrganilib, hech qanday moneliklar boʻlmagani bois masalaga yechim topildi hamda oilaning bir necha yillik sharʼiy nikohi qonuniy qayd etildi