Янгиликлар
28
O'ZIMIZ KELDIK
Boyovut tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan “O‘zimiz keldik” aksiyasi tashkil etildi.
Tumanning olis hududida joylashgan 18-sonli DMTT tashkilotida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida fuqarolarga elektron raqamli imzo kalitini oilsh, Mobile-ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr hujjatini shakllantirish, sudlanmaganlik to’g’risida ma’lumotnoma olish bo‘yicha 30 ga yaqin sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.
Shuningdek, loyiha doirasida fuqarolarga kundalik hayotda eng ko‘p zarur bo‘ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari batafsil tushuntirilib, sohaga oid bukletlar tarqatildi.