Янгиликлар
28
Guliston shahar adliya bo'limi tomonidan Moliya bo‘limida “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida tadbir o‘tkazildi
Tadbirda “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilib, jinoyatchilikni oldini oilshda shaxshiy mas’uliyat va daxldorlikni kuchaytirish yuzasidan fikrlar bildirildi.
Shuningdek, tadbirda yangi qabul qilingan bir qator qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati, shu jumladan yoqilg‘i-energetika sohasidagi yangiliklar, kam taʼminlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarining bir qismini kompensatsiya qilib berish tartiblari tushuntirildi.
Huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan mazkur tadbir davomida kadastr, mol-mulk, mehnat qonunchiligi va boshqa masalalarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.