Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

ADLIYA MAHALLADA


“Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” huquqiy aksiysi doirasida Xovos tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan xonadonma-xonadon kirilib, fuqarolarning murojaatlari o‘rganilmoqda hamda qonunchilikdagi yangiliklar va amaldagi tartiblar yuzasidan huquqiy tushunchalar berib borilmoqda.

"Huquqiy mahalla" sifatida belgilangan "Afrosiyob" tashkil etilgan tadbir davomida bandlik, mehnat munosabatlari, aliment undiruvi, nogironlikni belgilash, tug‘ilganlik va nikoh guvohnomalarini olish singari masalalarda fuqarolarning muammolari tinglandi.

Uyma-uy yurish jarayonida tabiiy gaz, elektr energiyasidan samarali foydalanish hamda energotejamkor uskunalarning afzalliklari tushuntirildi.

Shuningdek, “Mening mahallamda jinoyatchilik bo‘lmaydi” dasturi doirasida  targ‘ibot ishlari olib borilib, flayer va bukletlar tarqatildi.