Янгиликлар
22
Baxt savdo majmuasida aholiga sayyor xizmat ko‘rsatildi
Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan Baxt savdo majmuasida sayyor davlat xizmatlari tashkil etilib, fuqarolar va tadbirkorlarga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar quyidagi xizmatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘lishdi:
Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha amaliy ko‘mak
Elektron raqamli imzo (ERI) olish yuzasidan maslahat va texnik yordam
Arizalarni to‘g‘ri tayyorlash bo‘yicha maslahatlar
Shaxsiy va tadbirkorlik faoliyatiga oid yuridik masalalarda bepul maslahat
Davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar
Mutaxassislar murojaatlarni joyida ko‘rib chiqib, fuqarolar va tadbirkorlar uchun amaliy huquqiy yechimlar taklif qilishdi.
Bu kabi tadbirlar Sirdaryo tumani bo'ylab bosqichma-bosqich davom etadi.