Янгиликлар
23
MASOFA BIZGA TOʻSIQ EMAS
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga tezkor va sifatli xizmat ko’rsatish maqsadida chekka va olis hududlarga borib, keng qamrovli sayyor davlat xizmatlari ham koʻrsatilmoqdaki,bu fuqarolar uchun har tomonlama qulaylik yaratadi.
Sardoba tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan “Rovot” mahallasida tashkil qilingan sayyor xizmat ham aholining uzog'ini yaqin, og'irini yengil qildi.
Tadbir davomida aholiga 8 turdagi 50 ga yaqin davlat xizmatlari ko’rsatildi, shuningdek 2 ta qishloq xo'jalik kooperativi ham ochildi.
Eng muhimi, olis hudud aholisi sayyor xizmatlardan mamnun bo‘ldi.