Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

MIRZAOBODDA HUQUQIY TARG'IBOT KUNI O'TKAZILDI


Mirzaobod tumani "Yangi hayot" mahallasida joylashgan umumta’lim maktabi binosida aholi hamda yoshlar ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri o'tkazildi.
Unda adliya mas’ullari tomonidan dastlab hafta davomida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Muloqot mobaynida Prezidentning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, firibgarlik, kisavurlik, korrupsiya, odam savdosi kabi jinoyatlar va uning huquiy oqibatlari tushuntirilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.