Янгиликлар
23
OTALIQQA OLINGAN MAKTABDA MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan 46-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida bitiruvchi yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada 10 dan ortiq tashkilot va muassasalar 100 dan ziyod ish oʻrinlari bilan qatnashdi.
Tadbir davomida zarur mutaxassisliklar va sohalar haqida yoshlarga aniq maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, adliya mas’ullari tomonidan “Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi.