Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Energiya resurslari behuda sarflanishining oldini olish tizimi takomillashtiriladi


«Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish tizimini takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarida, davlat idoralarida va ijtimoiy soha ob’yektlarida hamda aholi xonadonlarida energiya tejamkorligi va samaradorligini yanada oshirish maqsadida Prezidentning “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida mazkur qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.