Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Boyovut tumanidagi 43-umumta’lim maktabida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo'lib o'tdi


Barcha umumta’lim maktablarida bo‘lgani singari bugun Boyovut tumanidagi 43-umumta’lim maktabida “Ilm — eng buyuk sharaf!” shiori ostida so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangladi.

Tantanali tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kamoljon Xalikov ishtirok etib, Prezidentimizning umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi hamda ularga mustaqil hayotda omad tiladi.

Tadbir davomida umumta’lim maktabini namunali xulq va a’lo baholar bilan tamomlagan o‘quvchilarga Adliya boshqarmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘quvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan yanada fayzli bo‘ldi.