Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

YOSHLAR OILAVIY HAYOTGA TAYYORLANMOQDA


Oila va xotin-qizlar maskanida "Yoshlarni hayotga tayyorlash"  o‘quv mashg‘ulotlari  o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotda shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimi Z.Xamidova, shahar bosh otinoysi M.Yuldasheva,  Guliston shahar FHDY inspektori G.Ergashevalar taklif etildi.

Mashg‘ulotda nikohni qayd etish uchun ariza bergan nikohlanuvchi yosh oilalar bilan oilaviy-huquqiy munosabatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, oilaviy ajralishlarning oldini olish, ma’naviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan tushunchalar berildi.

O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 15 nafar  yoshlarga maxsus sertifikatlar berildi.