Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

ADLIYA BOSHQARMASI BOSHLIG'I BOYOVUTLIK YOSHLARNING MUAMMOLARINI O'RGANDI


Bugungi kunda yoshlar bilan ishlash tizimi yanada takomillashtirilib, alohida ishlash talab etiladigan yoshlar huquq- tartibot va mudofaa organlari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga biriktirildi. Bu orqali yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

Xabaringiz bor, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zoxidov hududlarda bo‘lib, adliya organlariga biriktirilgan yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot qilmoqda.

Jahongir Zoxidovning navbatdagi uchrashuvi boyovutlik yoshlar ishtirokida bo‘lib o'tdi..

Tadbir davomida yoshlar bilan suhbatlashilib, ularning taklif va muammolari o‘rganildi hamda muammoli masalalar yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berldi.