Янгиликлар
02
Adliya boshqarmasida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi
“Xotira abadiy, inson qadri buyukdir” mavzusida adliya boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi “Ma’rifat soati”da faxriy huquqshunos Mastura Eminova ishtirok etdi.
Mastura Eminova davlat notariusi sifatida salkam 40 yil adliya tizimida faoliyat yuritdi, ko‘plab shogirdlar yetishtirdi, ustozlaridan o‘rganganlarini yoshlarga o‘rgatdi. Mastura opaning farzandlari ham bugun shu kasb davomchilari.
- Notariat nozik soha. Notarial harakatlarni amalga oshirar ekanman, insonlarni rozi qilish, ularga huquqiy ko‘mak berishni asosiy maqsadim deb bildim, hamisha adolat tarozini teng ushlashga harakat qildim, - deydi M.Eminova.
Faxriy huquqshunos o‘zining sohaga kirib kelishi haqida so‘z yuritib, eng avvalo ustozlarini yodga oldi, notariat sohasining jamiyat hayotida tutgan o‘rni, notariusning kasb etikasi, mehnat faoliyatidagi qiziqarli voqealar bilan o‘rtoqlashdi.