Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Guliston shahrida "Oilaviy qadriyatlar komissiyasi"ning seminari o‘tkazildi


Guliston shahar FHDY bo‘limi tomonidan Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi majlislar zalida  mahalla faollari va "Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi" a‘zolari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Unda mahalla va oilaviy qadriyatlar komissiyasiga tegishli bo‘lgan nizom, dalolatnoma, bayonnoma, qaror va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi tushuntirilib, hujjatlarni yuritishda bir xil amaliyotni qo'llash yuzasidan aniq yo'nalish berildi.

Muloqot davomida oilaviy ajrimlarni kamaytirish, xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikning turli ko'rinishlaridan himoya qilish, xotin-qizlar jinoyatchiligini oldini oilsh yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.