Янгиликлар
02
SEMINARDA MEHNAT QONUNCHILIGIDAGI YANGILIKLAR TUSHUNTIRILDI
Joriy yilning 14-fevralida Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun kuchga kirdi.
O‘zgartishlar kadrlar bo‘limi mutaxassislari kundalik ishda duch keladigan asosiy masalalar - ishga qabul qilish va mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibi, mehnat shartnomasini bekor qilish, ta’til berish va boshqalar. Bundan tashqari, Mehnat kodeksining ba’zi moddalaridan qismlar chiqarib tashlandi, ba’zilariga esa, aksincha, yangilari qo‘shildi.
Sayxunobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tashkil etilgan seminarda mehnat qonunchiligiga oid yangiliklar xususida so‘z bordi.
Unda markaz tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilot va muassasalarning rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda taqdimot va zarur ma’lumotlar bilan ishtirokchilarning “E-huquqshunos” hamda YMMT tizimida ishlash ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.