Янгиликлар
03
GULISTON SHAHAR DEHQON BOZORIDA TARG'IBOT
Bozorlar el-yurt farovonligining ko‘zgusi. Bozorlarning to‘kin va serfayz, aholi esa sifatli savdo xizmatidan bahramand bo‘lish imkoniyatlarini oshirish masalasi doimo e’tiborda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, prokuratura, ichki ishlar,soliq hamda Guliston shahar hokimligi mutasaddilari ishtirokida Guliston shahar dehqon bozorida tashkil etilgan tadbirda bozorlar faoliyatini qonuniy tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida bozorlar va savdo komplekslarini amaldagi qonunchilik talablari va zamonaviy yondashuvlar asosida tartibga keltirish, bozorlar va savdo komplekslaridan tushadigan bir martalik yig‘imlar,ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini belgilangan tartibda undirilishi holati o‘rganilib, bu borada aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, yashirin iqtisodiyotga barham berish maqsadida adliya xodimlari tomonidan tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, 10 nafar tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.