Янгиликлар
05
"Oilaviy qadriyatlar komissiyasi"ning navbatdagi seminari Sirdaryo tumanida
Sirdaryo tumani 1 va 2-son FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan mahalla faollari va "Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi" a‘zolari ishtirokida o'tkazilgan seminarda mahalla va oilaviy qadriyatlar komissiyasiga tegishli bo‘lgan nizom, dalolatnoma, bayonnoma va qaror va boshqa hujjatlar tanishtirilib, hujjatlarni rasmiylashtirilishi tartibi batafsil tushuntirildi.
Tadbir davomida aholi, ayniqsa yoshlar o'rtasida oila va nikoh mustahkamlaigini ta'minlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, oilaviy qadriyatlar va uning farzandlar tarbiyasida tutgan o'rni haqida targ'ibot ishlarini olib borish, tadbirlarga hayotiy tajribaga ega, oqila ayollar va nuroniylarni jalb qilish yuzasidan o'zaro kelishib olindi.