Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

19 YILLIK SHAR'IY NIKOH QONUNIYLASHTIRILDI


Oila-muqaddas qoʻrgʻon. Er-xotin oʻrtasini mahkam bogʻlovchi rishta esa nikohdir.

Guliston shahar Namuna mahallasida istiqomat qilayotgan fuqarolar O.Sopulyak va  O.Refatova 19 yildan buyon sharʼiy nikoh asosida yashab kelgan.

Shu sabab oʻtgan davr mobaynida oila koʻplab huquqiy muammolarga ham duch kelgan, idorama-idora sarson boʻlgan kunlari ham boʻlgan.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida  FHDY organi tomonidan ushbu muammo atroflicha oʻrganilib,  hech qanday moneliklar boʻlmagani bois masalaga  yechim topildi hamda oilaning 19 yillik sharʼiy nikohi qonuniy qayd qilindi.