Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

OILAGA QUVONCH ULASHIB


Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga  asosan tibbiyot muassasalari tomonidan berilayotgan  QR-kod tasviri tushirilgan ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtirilgan.

Ota-onaning istagiga ko‘ra FHDY organi bolaning tug‘ilganligini qayd etishni tantanali vaziyatda o‘tkazishi mumkin.

Xovos tuman FHDY bo‘limi mas’ullari Xovosobod mahallasida yashovchi Ashurboyevlar oilasining murojaatiga asosan oilaning yangi a’zosi Iymonaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini tantana bilan topshirishdi.