Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Adliya bo'limida "Ochiq eshiklar" kuni


Boyovut tuman adliya bo'limida o'quvchilar uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

Tadbira yoshlar dastlab adliya bo'limi, davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat ko’rsatish markazi, FHDY bo'limi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda bu yerda ish jarayonining borishini bevosita kuzatdilar, "Ziyo ulash" kichik kutubxonasini ko'zdan kechirib, loyiha doirasidagi ishlar haqida ma'lumot oldilar.

Shundan so‘ng, majlislar zalida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, yuridik ta'lim va kadrlar tayyorlash, adliya organlariga ishga kirish kabi masalalarda o'zaro fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlarning sohaga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida adliyaning yosh xodimlari tomonidan taqdimotlar ham tashkil etildi.

Bir so'z bilan aytganda, uchrashuv yoshlarni huquqshunoslik kasbiga qiziqtirish hamda yoshlar siyosatiga oid islohotlardan xabardorligini oshirish uchun xizmat qildi.