Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Gender tengligi va ayollarning saylovlardagi o‘rni


O‘zbekistonda gender tengligi va xotin-qizlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki tobora ortib bormoqda. Shubhasiz, bu holat saylov jarayonlarida ham kuzatilmoqda.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda “Adolat” SDP Guliston shahar Kengashi bilan hamkorlikda 17-sonli umumta’lim maktabida “Gender tengligi va ayollarning saylovlardagi o‘rni” mavzusida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida ayni mavzuda so‘z bordi.

Tadbirda saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar, xususan saylov jarayonlariga xotin-qizlarni va erkaklarni teng asosda jalb qilinishi, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka  erishish strategiyasi mazmun-mohiyati tushuntirilib, mavzu yuzasidan videorolik va taqdimotlar namoyish etildi.