Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Adliyada yangi tayinlov


Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xalikov Kamoljon Gulomkodirovich Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Kamoljon Xalikov 1984-yilda Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2007-yilda Adliya vazirligi Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlagan va adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2025-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Xalikov Kamoljon Gulomkodirovichni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi!