Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar teng imkoniyatga ega


Davlatimizda ayollarning huquqlari va gender tengligini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarning davomi sifatida Oliy Majlis senatining “O‘zbekistonda 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi”ni ham ko‘rishimiz mumkin.

Strategiyada saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan seminarda ayni mavzu muhokamalar markazida bo‘ldi.

Tadbirda saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar, xususan saylov jarayonlariga xotin-qizlarni va erkaklarni teng asosda jalb qilinishi, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.