Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

TIBBIYOT MUASSASALARIDA HUQUQIY TARG'IBOT


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi, Guliston shahar Ulug‘obod mahallasida joylashgan qishloq vrachlik punkti hamda Guliston tibbiyot birlashmasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

“Tibbiyotni korrupsiyadan xoli sohaga aylantiramiz” mavzuda tashkil etilgan mazkur tadbirlarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish, davlat organlarining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlanish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” loyihasi doirasida adliya tizimida start olgan aksiyaning mazmuni va ahamiyati tushuntirilib, hujjatlardagi xatoliklarni tuzatish va o‘z vaqtida rasmiylashtirilmay qolib ketgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tushunchalar berildi.