Янгиликлар
06
YOSHLAR ADLIYA E'TIBORIDA
Sirdaryoda yoshlar muammolarini manzilli hal etishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda. Mirzaobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Hokim Erkaboyev o‘ziga biriktirilgan har bir yosh bilan individual uchrashib, ular bilan muloqot qilmoqda.
O‘z navbatida suhbatlar davomida yoshlarning muammo va takliflari o‘rganilib, ularga zarur maslahat va tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport va boshqa to‘garaklarga jalb qilinmoqda.
Mirzaobodlik yana bir yosh bilan muloqot ham samarali bo‘ldi.