Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

BEPUL HUQUQIY MASLAHAT BILAN HAR BIR UYGA


Shirin shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan uyma-uy yurish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan tadbirlar olib borilmoqda.

“Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” aksiyasi doirasida Bunyodkor mahallasi fuqarolarining huquqiy muammolari uyma-uy yurish orqali o‘rganilib, tegishli so‘rovnomalar to‘ldirildi hamda aniqlangan muammolar mahalla.adliya.uz platformasiga kiritildi.

Tadbir davomida “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori, “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni va "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi mazmun-mohiyati tushuntirildi.