Янгиликлар
25
ADLIYA BOSHQARMASIDA "MA'RIFAT SOATI" O'TKAZILDI
Bugun Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur” mavzusida “Ma’rifat soati” tashkil qilindi.
Unda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari, taniqli shoira, adiba, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati Noriniso Qosimova ishtirok etib, mavzu bo‘yicha ma’ruza qildi.
Tadbirda Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, ma’rifatparvar adib Mahmudxo‘ja Behbudiyning bu qimmatli fikrlari xalqni ilm-maʼrifatli boʻlishga chorlab, fan bilan qurollanib, faollik koʻrsatishda qaratilganligi bilan bugungi kunda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanib, mamlakatimizda ilm-fan, adabiyot va san’at, ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirishga qaratilgan islohotlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir so‘ngida taniqli shoira o‘z ijod namunalaridan o‘qib berdi.