Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Biz korrupsiyaga qarshimiz!


Bugungi kunda dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan korrupsiya illati azaldan davlat va jamiyat ravnaqiga to‘sqinlik qilib kelayotgan omillardan biri sanaladi.

Ushbu illatga qarshi kurashishda aholining huquqiy savodxonligini oshrish, ularda korrupsiyaga qarshi immunitetni mustahkamlash dolzarb vazifa.

"Adolat" SDP Sirdaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusiga Guliston tibbiyot klasterida tashkil qilingan targ'ibot tadbirida ayni mavzuda so'z bordi.

Tadbirda Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodira Jonibekova, Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Dilnoz Umurzoqova, mahalliy Kengash deputati Nosirjon Egamberdiyev ma'ruza bilan ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma'lumot berdi.

Ta'kidlanganidek, poraxo‘rlik, korrupsiya davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetkazib, xalqimizning davlat idoralariga nisbatan ishonchini susaytiradi.

Muloqotda ushbu illatning salbiy va huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirilib, bu borada vakolatli organlar hamkorligini yanada kuchaytirish lozimligi qayd etildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati