Янгиликлар
25
YOSHLAR ADLIYA E'TIBORIDA
Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash tizimiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Vazirlar Mahkamasining “Uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini yagona yondashuv asosida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida yoshlarning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish masalalari asosiy vazifa qilib belgilangan.
Ushbu vazifalar ijrosi doirasida adliya organlari tomonidan chora-tadbirlar belgilanib, biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, Xovos tuman adliya bo‘limi tomonidan 468-sonli qarorga asosan biriktirilgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbat olib borilib, ularning muammolari o‘rganildi.
Uchrashuvlar davomida “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son qaror mazmuni-mohiyati tushuntirildi