Янгиликлар
25
LAYLAKKO'LDA ADLIYA KUNI
Boyovut tumani “Laylakko'l” mahallasida oʻtkazilgan “Adliya kuni” tadbiri Prezidentning PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mahalla hududida uyma-uy yurish davomida aniqlangan huquqiy muammolar yechimiga qaratildi.
Tadbir davomida fuqarolarning kundalik hayotida duch kelinayotgan huquqiy muammolar tahlil qilinib, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, tugʻilganlik haqidagi takroriy guvohnomani olish, aliment undirish, kafillik, order va boshqa masalalarda murojaatlar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularning yechimi borasida huquqiy maslahatlar berildi.
Tadbir davomida saylov qonunchiligi, mulkiy huquqlar, energoresusrlar bilan bog'liq yangiliklar, "Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi" dasturi ijrosi bo'yicha targ'ibot ishlari oilb borildi.
Shuningdek, aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida sayyor davlat xizmatlari tashkil qilindi.