Янгиликлар
25
Adliya boshqarmasida kuzatish tadbiri o‘tkazildi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Shayjigitov Adxam Shayjigitovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Adliya boshqarmasida kuzatish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda boshqarma rahbariyati hamda hamkasblar tomonidan Adxam Shayjigitovichning ishchanlik salohiyati, kasbga sadoqati, fidoyiligi hamda insoniy fazilatlari alohida e’tirof etildi.
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi jamoasi Adxam Shayjigitovning kelgusi ishlarida omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Ma’lumot o‘rnida, Adxam Shayjigitov 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2010-yilda Jizzax viloyati adliya boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. Keyinchalik Adliya vazirligida yetakchi,bosh maslahatchi,bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2021-yil 12-martdan Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.