Янгиликлар
01
Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan
Sardoba tumanidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabida «Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan» g‘oyasi asosida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda dastlab mamlakatimizda yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim tizimidagi yangiliklar haqida to'xtalib o'tildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirish maqsadida huquqiy savol-javoblar, viktorinalar uyushtirildi.
“Vatanparvarlik va milliy qadriyat”, “Huquqiy bilimlar” mavzularida tashkil etilgan muloqot yoshlarda huquqshunoslik kasbiga katta qiziqish uyg'otdi.