Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish: muammo va yechimlar


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish: muammo va yechimlar” mavzusida tashkil etilgan seminarda ushbu yo‘nalishdagi ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, fuqarolik holati dalolatnomalarini o‘rnatilgan meyoriy talablar darajasida to‘ldirish fuqarolar o‘rtasidagi turli ovoragarchiliklarga barham beradi.

Seminarda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlaridagi xatoliklarni tuzatish, o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritishda amaliyotda uchrayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjat hisoblanishi bois, mazkur hujjatlarni qonunchilik hujjatlariga mos holda rasmiylashtirish muhim vazifa ekanligi alohida ta’kidlandi.