Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi


Xovos tuman adliya bo‘limi tomonidan “Xusnobod” mahallasida yashovchi fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘rganish jarayonida 1955-yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan fuqaro Ataxanova Zamiraning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi yo‘qolganligi aniqlandi.

Xovos tuman 1-son FHDY bo‘limi tomonidan fuqaroning arizasi qabul qilinib, eksterritorial tamoyil asosida Qo‘qon shahar FHDY bo‘limidan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga JSHSHIR biriktirildi hamda fuqaro uchun takroriy guvohnoma rasmiylashtirib berildi.