Янгиликлар
02
EGIZAKLARNING GUVOHNOMALARI TANTANA BILAN TOPSHIRILDI
Boyovut tumani Do'stlik mahallasida yashovchi Rahmonberdiyevlar oilasida uch egizak farzand dunyoga keldi.
Chaqaloqlarga Muhammadjon, Xadichaxon,Solihaxon deb ism qo'yildi.
Guliston shahar FHDY bo'limi xodimlari oila quvonchiga sherik bo‘lishdi. Tug‘ruq kompleksida sayyor xizmat ko‘rsatilib, egizak chaqaloqlarning tug‘ilganlik haqida guvohnomalari tantana bilan topshirildi.
-O‘n yil deganda birvarakayiga uch farzandning ota-onasi bo‘ldik. Quvonchli kunimizni tantanali nishonlashda yordam bergan FHDY xodimlariga rahmat. Farzandlarimizning ilk hujjatlarini qabul qilib oldik, - deydi chaqaloqlarning otasi T.Rahmonqulov.