Янгиликлар
02
SAYYOR XIZMAT - QULAY IMKONIYAT
Boyovut tumani adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Muqimiy” mahallasida sayyor xizmat tashkil qilindi.
Tadbirda dastlab davlat xizmatlari turlari va ulardan foydalanish, mobil davlat xizmatlari ko’rsatish usullari va qulayliklari to’g’risida tushunchalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida elektron raqamli imzo kalitini olish, bolani maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish, pensiya haqida ma’lumotnoma, sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to’g’risida ma’lumotnomalarni olish uchun ariza yuborish kabi 20 ga yaqin xizmatlar ko‘rsatildi.