Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

TASHABBUSKORLIK REJALARI TAQDIMOTI O'TKAZILDI


Mamlakatimizda yagona davlat huquqiy siyosatini yuritish, izchil va bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta’minlash, shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda adliya organlari faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bois tizim xodimlari sohani yanada takomillashtirishda o‘z tashabbuskorligi, yaratuvchanligi, kreativ yondashuvi bilan ham ma’lum ma’noda hissa qo‘shishi kerak.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida bu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kuni kecha boshqarmada tashkil etilgan seminarda Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda  Davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilish shoʻbalarining tashabbuskorlik rejalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan reja va takliflar muhokama qilinib,  uni  amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.