Янгиликлар
04
HUQUQIY MAHALLADA NIMA GAPLAR?
#bepul_huquqiy_maslahat_bilan_har_bir_uyga
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmon ijrosi doirasida Guliston tuman adliya bo'limi tomonidan "A.Yassaviy" mahallasida uyma-uy yurgan holda aholi bilan muloqot qilindi.
Aprel oyida “Huquqiy mahalla” sifatida belgilangan ushbu hududdda aholining huquqiy muammolarini aniqlash bo‘yicha anketa-savolnomalari to‘ldirilib, yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, kommunal soha, mehnat qonunchiligi va boshqa masalalar yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aniqlangan huquqiy muammolar “Adliya-mahalla” hamda “Online-mahalla” platformalari orqali ish yurituvga qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.