Янгиликлар
04
INTERNET FIRIBGARLIGIDAN HIMOYALANING!
Hozirgi vaqtda nafaqat O‘zbekistonda balki butun yer yuzidagi eng ko‘p uchrayotgan jinoyat bu firibgarlikdir.
Mamlakatimiz Jinoyat qonunchiligida internet firibgarligi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Sayxunobod tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi doirasida olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari davomida firibgarlik jinoyatining huquqiy va ayanchli oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Аyniqsa, markazda o‘rnatilgan monitorlarda firibgarlik va jinoyatchilikning boshqa turlaridan ogoh bo‘lishga qaratilgan videoroliklarning namoyish etilayotgani davlat xizmatlaridan foydalanish uchun kelgan fuqarolarni befarq qoldirmayapti.