Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi


Unda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari Sherdor Rasulov va Dilnoz Umurzoqova ishtirik etib, hafta davomida yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirishdi.

Ma’lumki, Axborot-kutubxona faoliyatining asosiy vazifalari foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta’minlash hamda foydalanuvchilarning intellektual, ma’naviy-axloqiy, madaniy va ta’lim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Muloqot davomida  axborot-kutubxona fondini shakllantirish, bunda mutolaa uchun taqdim etilayotgan adabiyotlarning ahamiyati, taqiqlangan adabiyotlar va ularning jamiyat uchun xavfi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Munozaraga boy tadbir davomida ishtirikchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.