Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Adliya ko'magi bilan tadbirkor elekt tarmog'iga ulandi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “SABINA SHIRMOY NONLARI” xususiy korxona rahbarining murojaati o‘rganildi.

Bayon etilishicha xususiy korxona tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun 40 378 787 so‘m qarzdorlik belgilangan va shu sababli korxona elektr tarmog‘idan uzilgan.

O'rganish davomida ushbu masala yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ da’vogar manfaatida Guliston tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritilganligi va sudning hal qiluv qaroriga asosan xususiy korxona tomonidan “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ foydasiga 44 545 841 so‘m asosiy qarz undirilishi belgilanganligi ma'lum bo'ldi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan xususiy korxonada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali mavjud qarzdorlik bo‘yicha to‘lov qobilatini tiklash choralari ko‘rildi. Fuqaro hamda  “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazilib, korxonani tarmoqqa vaqtinchalik ulash masalasi ko‘rib chiqildi. Adliya aralashuvi bilan hozirda korxona ish faoliyatini olib bormoqda.


Usmon Sayitmuratov,
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi sho'ba boshlig'i