Янгиликлар
05
Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risidagi Qonun jirosini tashkil qilish: muammo va yechimlar
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonuni davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish jarayonida vujudga kelayotgan ayrim kamchiliklarning bartaraf etilishiga zamin yaratadi.
Qonunga ko'ra, davlat hisobidan yuridik yordam kam ta'minlangan shaxslarga, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilgan shaxslarga hamda psixiatriya yordami ko'rsatiladan shaxslarga ko'rsatiladi.
Xo‘sh, mazkur Qonun jirosi viloyatda qanday tashkil qilinmoqda. Bugun Sirdaryo viloyat prokuraturasida "Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risidagi Qonun jirosini tashkil qilish, muammo va yechimlar" mavzusida tashkil etilgan seminarda fuqarolarning tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqini mustahkamlaydigan konstitutsiyaviy normani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda adliya va ichki ishlar boshqarmalari, prokuratura, sudlar hamda advokatlar palatasi viloyat hududiy bo‘limi mas’ullari ishtirok etishdi.
Ta’kidlanganidek, davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi. Bugungi kunda viloyatda 68 ta tuzilmalarda faoliyat yuritayotgan 135 nafar advokatning shaxsiy ma’lumotlari “Yuridik yordam” axborot platformasiga joylashtirilgan bo‘lib, 97 ta advokat bilan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzildi.
Seminarda davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning huquq va majburiyatlari, davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun vakolatli organlar tomonidan murojaatlarni qabul qilish va ro'yxatga olish tartiblari batafsil tushuntirlib, “Yuridik yordam” axborot tizimi bo‘yicha adliya organlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligi va ishlarni tashkil etilishi holati tahlil qilindi.
Tadbir davomida bepul yuridik yordam ko'rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati