Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Bilasizmi?


Qonunchilikka muvofiq 2025-yil 15-apreldan 2026-yil yakuniga qadar eksperiment tariqasida Toshkent shahrida haydovchidan tashqari 4 dan ortiq va 8 tadan ko'p bo'lmagan o'rindiqlarga va yuqori qulayliklarga ega avtotransport vositalarida o'zini o'zi band qilgan shaxslar yo'nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishi mumkin (https://lex.uz/uz/pdfs/7459068).

Unutmang, quyidagi talablarga javob beradigan shaxslargina yo'nalishsiz taksilarni boshqarish huquqiga ega:

haydovchilik guvohnomasida "V" toifasi bo'lgan;

21 yoshga to'lgan;

tibbiy ko'rikdan o'tgan;

kamida 3 yillik haydovchi stajiga ega bo'lgan.

Eslatma: haydovchi faoliyatini litsenziya varaqasida ko'rsatilgan hududda yoki unga tutash hududda amalga oshiradi.

Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashishga litsenziya olish uchun arizalar davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz (https://my.gov.uz/uz/service/308)) orqali qabul qilinadi.

Bir markaz, bir nuqtada biz sizga xizmat ko'rsatamiz!